KAFEDRA MUDIRI
KAFEDRA TARIXI
«Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasi dastlab 1967-yilda tashkil topgan Energomexanika fakultetidagi «Energetika fanlari» kafedrasidan boshlanadi. Mazkur kafedraning 1971-yilda alohida 3 ta kafedraga ajralishi munosabati bilan, «Elektr yuritma va sanoat korxonalari qurilmalarini avtomatlashtirish» kafedrasi tashkil topgan.
1971-1977 - yillarda t.f.n.,dotsent N.K.Kamolov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. U kafedraning shakllanishida, moddiy-texnika bazasining yaratilishida, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda fidoiylik bilan ishladi.
1977-1988 yillarda t.f.n., dotsent N.M.Aripov va 1988- 1991- yillarda t.f.n., J.Isaqulov kafedraga rahbarlik qildilar. 1991-2006- yillarda kafedraga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi dotsent N.M.Aripov mudirlik qilgan. 2006-2012 yillarda esa t.f.n., dotsent M.M.Matbabaev kafedra mudiri lavozimida ishladi. 2012-2017- yillarda t.f.n., dotsent L.K.Mamadaliyeva, 2017-yildan 2021 yigacha esa t.f.n.,dotsent N.K.Kamolov, 2021-yilda dotsent M.A.Shaxodjayev kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.
Kafedrada keyingi yillarda M.M.Matbabaev va S.K.Kamolovlar tomonidan “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi asoslari” darsligi ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima etildi. M.A.Umirzaqova doktorlik(DSc), D.T.Kuchkarova va R.A.Sultonov texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qildilar, kafedrada 3 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 11 ta monografiya nashr etildi, yangi ixtirolar uchun 2 ta patent olindi va 100 ga yaqin uslubiy ko‘rsatmalar yaratildi. “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan o‘tkazilayotgan respublika olimpiadalarida kafedraning iqtidorli talabalari faxrli o‘rinlarni egallamoqdalar.