Elektr energetika kafedrasi

KAFEDRA TARIXI

1967 yilda tashkil etilgan “Energetika fanlari”–(“Энергетические дистсиплини – ED) kafedrasida dastlab, “Elektr tarmoqlari va tizimlari”, 1973 yildan “Qishloq xo‘jaligi elektr ta’minoti”, 1990 yildan “Elektr ta’minoti” mutaxassislari bo‘yicha muhandis energetiklarni tayyorlagan bo‘lsa, 1999 yildan 5520200–“Elektr energetikasi”, 2011 yildan 5310200 – “Elektr energetikasi”, 2021 yildan 60710600 – “Elektr energetikasi”,  2018 yilda 5310100 – “Energetika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha va 2021 yildan 5310100 – “Energetika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar  va  2003 yildan – 5A520205–“Elektr ta’minoti”, 2011 yildan 5A310201–“Elektr ta’minoti” hamda 2021 yildan 70710601-"Elektr ta'minoti mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORGAN KAFEDRA MUDIRLARI

 

BAKALAVRIAT

  • 60710600 - Elektr energetikasi (elektr ta’minoti)
  • 60710600 - Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish,uzatish va taqsimlash)
  • 5310100 – Energetika (gidroenergetika)
  • Elektr energetikasi  – fan va texnika jabhasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun ishlab chiqish  va ulardan foydalanishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

    MAGISTRATURA

    70710601-"Elektr ta'minoti (sanoat korxonalari va shaharlar)"

    "Elektr ta'minoti (sanoat korxonalari va shaharlar)" -  mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining obyektlari – elektr energetika obyektlari, sanoat korxonalarining sohalari, shaharlarning elektr energetika tizimlari, mutaxassislik doirasida avtomatik boshqarish va rele himoyasi ob'yektlari.
  • KAFEDRA PROFESSOR–O‘QITUVCHILARI