Habaringiz bor 24.05.2024 yil kuni "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fanidan fan olimpiadasi o'tkazilgan edi. Olimpiada bo'yicha "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedrasi professor o'qituvchilaridan tashkil topgan hakamlar guruhi natijalarni e'lon qildi. Natijalarga ko'ra:
Faqat 1 semestr dars mashg'ulotlari olib borilgan yo'nalishlar uchun
🥇1 o'rin 9-23 Arx yo'nalishi talabasi Mo'minov Ixtiyorjan Salimjon o'g'li
🥈2-o'rin 18-23 MST yo'nalishi talabasi G'ulomov Abrorxon Baxodir o'g'li
🥉3-o'rin 22-23 MYAMT yo'nalishi talabasi A'zamova Mumtozbegim Nodiraxon qizi
Faqat 2 semestr dars mashg'ulotlari olib borilgan yo'nalishlar uchun
🥇1 o'rin 3-23 BIQ yo'nalishi talabasi Ismoilov Rahmatjon Zohidjon o'g'li
🥈2-o'rin 1-23 BIQ yo'nalishi talabasi Ergashov Nurmuhammad G'iyozbek o'g'li
🥉3-o'rin 3-23 BIQ yo'nalishi talabasi Najmiddinov Nuriddin Zuhriddin o'gli
egalladilar.


